Barcha yangiliklar

“O‘rgimchak odam 4” Nolanning “Odyssey”iga to‘qnash kelmasligi uchun kechroq premyera qilinadi

“O‘rgimchak odam 4” Nolanning “Odyssey”iga to‘qnash kelmasligi uchun kechroq premyera qilinadi

Marvel Studios Tom Holland ishtirokidagi to‘rtinchi “O‘rgimchak odam” filmining chiqish sanasini Kristofer Nolanning yangi filmi “Odyssey” bilan raqobat qilmasligi uchun o‘zgartirdi.


Endi “O‘rgimchak odam 4” premyerasi 2026-yil 31-iyulda bo‘lib o‘tadi, dastlab rejalashtirilgan 24-iyul emas. Bu esa film “Odyssey” chiqishidan ikki hafta keyin katta ekranlarga chiqishini anglatadi.


Marvel nima uchun filmni kechiktirdi?


🔹 IMAX zallari. “Odyssey” chiqarilgach, birinchi haftalarda barcha IMAX ekranlari aynan ushbu film uchun band bo‘ladi. Marvel esa “O‘rgimchak odam” IMAXda yetarlicha ko‘rsatilishi uchun kutishga qaror qildi.

🔹 Moliyaviy strategiya. Disney rahbariyati Nolan filmlari odatda katta daromad keltirishini yaxshi tushunadi. Shu sababli, ikki film orasidagi masofani kengaytirib, har ikkisiga ham muvaffaqiyat qozonish uchun imkoniyat yaratildi.


Eslatib o‘tamiz, filmlarni TVCOM platformasi orqali tomosha qilishingiz mumkin!