Marvel “Lochin ko‘z” (Hawkeye) serialining 2-mavsumini ko‘rib chiqmoqda hamda Agata Harkness haqida alohida loyihani rivojlantirishni rejalashtiryapti.
Marvel Studios ijodiy rahbarlaridan biri Bred Vinderbaum Entertainment Weekly bilan suhbatda shunday dedi:
“Ha, biz “Bu hammasi Agata” serialining ikkinchi mavsumini albatta xohlaymiz. Ammo shoshmasligimiz kerak. Avval yaxshi g‘oya ishlab chiqamiz, keyin uni amalga oshiramiz.”
Shuningdek, Kley Bishop bosh qahramon bo‘lgan “Lochin ko‘z” ham yangi mavsum bilan qaytishi mumkin. Marvel ushbu variantni ko‘rib chiqmoqda, lekin hozircha rasmiy tasdiq berilmadi.
“Lochin ko‘z” 1-mavsumida nima bo‘lgan edi?
Marvel kinokoinotining 4-fazasi doirasida suratga olingan “Lochin ko‘z” seriali Clint Barton (Jeremy Renner) va uning shogirdi Kley Bishopp (Hailee Steinfeld) haqida hikoya qiladi. Hikoya “Qasoskorlar: Intiho” (2019) filmidagi voqealardan so‘ng sodir bo‘ladi.
1-mavsumda:
🔹 Clint Barton shaxsiy hayotiga qaytishga harakat qiladi, ammo o‘tgan yillardagi dushmanlari uni tinch qo‘ymaydi.
🔹 Unga yosh va iste’dodli kamonchi Kley Bishopp yordam beradi.
🔹 Serialda Wilson Fisk (Kingpin) ham sahnaga chiqadi.
Bu serial Marvel kinokoinoti ixlosmandlari orasida katta muvaffaqiyat qozongan va “Lochin ko‘z”ning keyingi bosqichi qanday bo‘lishi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda.
Siz qaysi serialni yoqtirasiz?
❤️ — Men sehrgarlar yo‘lidan ketaman, Agata Harkness uchun layk!
👍 — “Lochin ko‘z” ko‘zimni quvontiradi!
😢 — Ikkalasi ham yoqmadi…
🔥 — Ikkalasi ham zo‘r, do‘stlik g‘alaba qozonadi!
Marvel filmlarini TVCOM’da tomosha qiling!
