“Chumoli odam va Ari: Kvantmaniya” filmidagi roli bilan tanilgan Ketrin Nyuton “Men seni topaman 2” trilleri davomi uchun aktyorlar tarkibiga qo‘shildi. Filmning birinchi qismida bosh rolni o‘ynagan Samara Uiving ham o‘z roliga qaytadi.
Birinchi film hikoyasi yosh kelinning ilk to‘yi kechasida o‘z erining qarindoshlari tomonidan uyushtirilgan o‘lim o‘yini ishtirokchisiga aylanishi haqida edi.
Davomiy qismni yana birinchi film rejissorlari — Metyu Bettinelli va Tayler Jilliett suratga olishadi. Hozircha filmning tafsilotlari sir saqlanmoqda, ammo muxlislar hayratlanarli burilishlar va keskin voqealarni intiqlik bilan kutishmoqda.
