Yozda bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati futbol olamida katta shov-shuvga sabab bo‘lishi kutilmoqda. FIFA turnir ishtirokchilariga 1 oylik muddatga 6 ta transfer qilish huquqini berganidan so‘ng, “Manchester City” va “Chelsea” o‘z tarkibini kuchaytirish yo‘llarini izlamoqda.
Eng kutilmagan xabar shuki, Angliya grandlari “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Agar transfer amalga oshsa, portugaliyalik yulduz vaqtincha “Manchester City” yoki “Chelsea” safida maydonga tushishi mumkin.
Bu borada hali rasmiy ma’lumotlar yo‘q, biroq FIFA tomonidan berilgan imkoniyat yevropalik klublarni jiddiy qiziqtirib qo‘ydi. Ronaldu Angliyaga qaytishi mumkinmi? Bu savolning javobi yaqin kunlarda aniq bo‘ladi.
Ronaldu va Messi bitta jamoada?
Avvalroq, Krishtianu Ronaldu yozda qisqa muddatga “Inter Mayami” bilan shartnoma imzolashi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Lionel Messi bilan birga harakat qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Agar bu amalga oshsa, dunyoning ikki eng buyuk futbolchisi tarixda ilk bor bir jamoa safida maydonga tushishi mumkin.
Bu xabarlar hali rasmiy tasdiqlanmagan bo‘lsa ham, futbol muxlislari Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining bir safda futbol o‘ynash imkoniyati haqida orzu qilmoqda. Demak, bu yoz futbol olamida katta transferlar, shov-shuvli yangiliklar va kutilmagan voqealar bilan yodda qolishi aniq!
