Barcha yangiliklar

“Gunohkorlar” — Amerika prokatining yangi yetakchisi!

“Gunohkorlar” — Amerika prokatining yangi yetakchisi!

Maykl B. Jordanning ishtirokidagi “Gunohkorlar” vampirlar haqidagi dahshatli filmi AQShda katta muvaffaqiyatga erishdi. Film o‘zining ilk hafta oxirida 45,6 million dollar daromad ko‘rib, “Minecraft”ni ortda qoldirdi. Kompyuter o‘yinidan ilhomlangan “Minecraft” filmi esa 41,3 million dollar bilan ikkinchi o‘rinda qolmoqda.


Dunyo bo‘ylab “Gunohkorlar” allaqachon 61 million dollar daromad qilgan bo‘lsa, “Minecraft” kartinasining global daromadi 720 million dollardan oshgan. Uning ishlab chiqarish byudjeti esa 150 million dollarni tashkil etadi.


Bu orada Aleks Garlandning “Olov ostida” nomli dramasi esa global prokatda 17 million dollar, Rossiya bozorida esa ikkinchi hafta oxiriga kelib 10 million rubl ishlab topdi. Eslatib o‘tamiz, Garlandning avvalgi filmi — “Imperiyaning qulash”i 127 million dollar va 152,9 million rubl daromad olgandi.


“Gunohkorlar” filmini TVCOM platformasida tomosha qiling!