Barcha yangiliklar

“Oskar” mukofoti uchun yangi qoidalar eʼlon qilindi – 2026-yildan kuchga kiradi

“Oskar” mukofoti uchun yangi qoidalar eʼlon qilindi – 2026-yildan kuchga kiradi

Amerika Kinoakademiyasi 2026-yilda boʻlib oʻtadigan 98-“Oskar” taqdirlash marosimidan boshlab amal qiladigan yangi qoidalarni e’lon qildi. Ushbu o‘zgarishlar kino olamida katta qiziqish uygʻotmoqda.


Yangi qoidalarga ko‘ra:


▫️ G‘oliblarni aniqlash uchun barcha nomzod filmlarni tomosha qilish majburiy bo‘ladi. Ya’ni, akademiklar yakuniy bosqichda ovoz berishdan avval tegishli toifadagi barcha filmlarni ko‘rgan bo‘lishi kerak.


▫️ Sun’iy intellekt va raqamli vositalardan foydalanish filmning nomzod bo‘lishiga ta’sir qilmaydi. Biroq, baholashda inson ijodkorligining darajasi asosiy mezon bo‘ladi.


▫️ Casting (aktyorlar tanlovi) sohasidagi yutuqlar uchun ilk bor alohida mukofot joriy etiladi. Qisqa ro‘yxat 10 ta film asosida tuziladi. Baholashda casting direktorlarining ijodiy hissasi va ish jarayonidagi hamkorlik darajasi inobatga olinadi.


Bu yangiliklar Kinoakademiyaning san’atda inson mehnati va ijodkorligini qadrlashga bo‘lgan e’tiborini yana bir bor namoyish etadi.