“Garri Potter” romanlari asosida suratga olinayotgan HBO seriali asta-sekinlik bilan shakllanmoqda. Tomoshabinlar sabrsizlik bilan kutayotgan ushbu loyihada bir qator asosiy qahramonlar obrazini jonlantiruvchi aktyorlar rasman tasdiqlandi.
Serialdagi asosiy rollar va ularni ijro etuvchi aktyorlar:
• Albus Dambldor — Jon Litgou
• Minerva Makgonagal — Janet MakTir
• Severus Sneyp — Paapa Essiedu
• Rubeus Hagrid — Nik Frost
• Professor Kvirrell — Lyuk Tellon
• Argus Filch — Pol Uaytxaus
HBO tomonidan ishlab chiqilayotgan ushbu serial har bir mavsumda bitta kitob asosida suratga olinadi. Serialning syujeti J.K. Rowling asarlari asosida bo‘lib, yangi avlod aktyorlari ishtirokida tomoshabinlarga qayta taqdim etiladi.
Serialning chiqish sanasi hozircha rasman e’lon qilinmagan, ammo loyihaning premyerasi 2026-yilga rejalashtirilgan. Bu serial ham kitoblar, ham original filmlar muxlislari uchun yangi taassurotlar va nostalgiya uyg‘otishi kutilmoqda.
