“Jon Uik” — zamonaviy ekshn janrining eng mashhur va muvaffaqiyatli loyihalaridan biri. Endi esa ushbu afsonaviy film seriyasining yaratilish tarixi alohida hujjatli filmda namoyish etiladi.
9-may kuni xorijiy raqamli platformalarda “Uik — bu og‘riq” (“Wick is the Pain”) nomli hujjatli film premyerasi bo‘lib o‘tadi. Unda birinchi “Jon Uik” filmidan boshlab, uning davomiy qismlarigacha bo‘lgan suratga olish jarayonlari yoritiladi.
Filmda bosh rolni ijro etgan Keanu Rivz, rejissyorlar Chad Staxelski va Devid Litch hamda loyihaga aloqador boshqa ijodiy jamoa vakillari ishtirok etishadi. Ular film g‘oyasining qanday tug‘ilgani, suratga olishdagi qiyinchiliklar, aktyorlar va kaskadyorlar bilan ishlash jarayonlarini so‘zlab berishadi.
Shuningdek, hujjatli filmda ilgari e’lon qilinmagan suratga olish jarayonlari, mashg‘ulotlar, sahna ortidagi voqealar ham keltirilgan.
“Uik — bu og‘riq” — bu nafaqat film tarixi, balki aktyorlar va rejissyorlarning fidokorona mehnati, aksion janrni yangi bosqichga olib chiqqan yondashuv haqida hikoya.
