Barcha yangiliklar

“Hayvonlar shahri 2” — birinchi rasmiy treyler bugun chiqadi!

“Hayvonlar shahri 2” — birinchi rasmiy treyler bugun chiqadi!

Disney nihoyat “Hayvonlar shahri 2” animatsion filmidan yangi posterni taqdim etdi va muxlislarni yanada xursand qiladigan xabarni e’lon qildi — birinchi rasmiy treyler bugun, 20-may kuni namoyish etiladi!


Multfilmning xorijdagi premyerasi 2025-yil 26-noyabrga belgilangan. Bu safar ham bizni hayvonlar shahri — Zveropolisda yangi sarguzashtlar, kulgili va hayajonli voqealar kutmoqda.


Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda chiqqan “Hayvonlar shahri” birinchi qismi katta muvaffaqiyatga erishgan:

 • Film $1 milliarddan ortiq daromad keltirgan

 • “Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasida Oscar mukofotini qo‘lga kiritgan

 • Va hali-hanuz Disney muxlislari orasida eng sevimli multfilmlardan biri hisoblanadi


Bugun chiqariladigan treyler film haqida ilk tafsilotlarni ochib beradi va Hayvonlar shahri dunyosiga qaytish uchun sabrsizlik bilan kutayotganlar uchun haqiqiy bayram bo‘ladi!