Mashhur aktyor Tom Kruz va kubalik aktrisa Ana de Armas hafta oxirida Vermontdagi Vudstokda qo‘l ushlashgan holda ko‘ringach, ular orasidagi munosabatlar jiddiy bosqichga o‘tgani haqida mish-mishlar yana kuchaydi.
Ular avvalroq Londondagi Oasis guruhi konsertida va Ispaniyadagi ta’til paytida birga ko‘ringan, biroq munosabatlari borasida rasman izoh berishmagan. Hozircha rasmiy vakillar tomonidan bu ma’lumot tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, muxlislar bu holatni juftlik munosabatlarining “yumshoq taqdimoti” deb qabul qilishmoqda.
