Paramount studiyasi “Zombilar jangi” (World War Z) bo‘yicha yangi film yaratishni rejalashtirmoqda. Kompaniya rahbariyatining aytishicha, bu loyiha hozircha studiya uchun asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Avvalroq Paramount 2013-yilda Bred Pitt bosh rolida suratga olingan jangari filmning davomini ishlashga harakat qilgan edi. O‘sha paytda rejissyorlikni Devid Fincher bajarishi kerak edi, ammo loyiha oxir-oqibat bekor qilingan.
