Amazon MGM Studios komediya, sarguzasht va ekshin janridagi “Codename Red” ya’ni “Kod: Qizil” filmi treylerini kuni kecha taqdim etdi. Syujet haqida deyarli ma’lumot yo’q. Ammo treyler orqali aniqlash mumkin. Yangi yil oldi Santa Klaus (J.K. Simmons) o'g'irlab ketilgan va uni qutqarish kerak. Shimoliy qutbning xavfsizlik boshlig'i (Dueyn Jonson) dunyodagi eng uchiga chiqqan jinoyatchi (Kris Evans) bilan hamkorlikda ishlashga majbur. Ular birgalikda “Yangi yilni” asrab qolish uchun butun dunyo bo'ylab qutqaruv missiyagasiga kirishadilar.2022-yilning oktyabr oyidan beri Atlantada boshlangan tasvirga olish ishlari va 102 daqiqali filmni tayyorlash uchun jami 250 million dollar byudjet ajratilgan. Rejisyorlikni esa Jeyk Kasdan o’z gardaniga olgan. Aslida o’tgan yili dunyo yuzini ko’rishi kerak bo’lgan filmning premyera kuni shu yilning 15-noyabri etib tayinlangan. Yangi yil shukuhini jaziramada sezish boshqacha bo’ldimi?!TVCOMda “Kod: Qizil” filmini albatta birinchilardan bo’lib tomosha qiling