Marvel yulduzi Tom Holland yana Spaydermen kostyumida, lekin bu safar biroz xavfliroq holatda. “Spider-Man: Brand New Day” filmini suratga olish jarayonida kaskadyorlik sahnasi noto‘g‘ri chiqib, aktyor miya chayqalishi (sotrasyoniya) sababli qisqa muddatga kasalxonaga yotqizildi.
Hodisa juma kuni ertalab Watforddagi Leavesden studiyalarida sodir bo‘lgan. Darhol tez yordam chaqirilgan va Holland shifokor nazoratiga olingan.
Yaxshi xabar: jarohat jiddiy emas. Ichki manbalarning aytishicha, kasalxonaga yotqizish faqat ehtiyot chorasi bo‘lgan, aktyor esa bir necha kundan keyin maydonga qaytishi kutilmoqda.
Yangi “Spider-Man: Brand New Day” filmi 2026-yil 24-iyul kuni premyera qilinadi. Ushbu loyiha avvalgisidan farqli o‘laroq, real lokatsiyalarda suratga olinmoqda — pandemiya davrida suratga olingan “No Way Home” esa asosan studiya sahnalari bilan cheklangandi.
Tomning sog‘ligi tezroq tiklanishini tilab, muxlislar allaqachon Twitter va Instagram’da qo‘llab-quvvatlash xabarlarini yog‘dirmoqda.
