Barcha yangiliklar

92 yoshida Maykl Keyn nafaqadan qaytmoqda!

92 yoshida Maykl Keyn nafaqadan qaytmoqda!

Gollivudning afsonaviy aktyori Maykl Keyn yana katta ekranlarga qaytmoqda. 92 yoshli aktyor Vin Dizel bilan birga “The Last Witch Hunter 2” filmida suratga tushishi rasman tasdiqlandi.


Bu loyiha Keyn uchun o‘ziga xos qaytish bo‘ladi, chunki u 2023-yilda 90 yoshida nafaqaga chiqqanini e’lon qilgan edi. O‘sha paytda aktyor “The Great Escaper” filmidagi rollari ortidan katta maqtovlarga sazovor bo‘lib, 13-oktabr kuni: “Men doim nafaqaga chiqaman deyman, mana, endi chindan ham nafaqadaman”, — deya rasmiy ravishda ijodiy faoliyatini yakunlaganini bildirgandi.


Ammo oradan ikki yil o‘tib, Lionsgate studiyasi yaratadigan yangi sarguzasht filmida u yana ekranlarga qaytmoqda. Dizel va Keyn 2015-yilda chiqqan birinchi filmda ham birga rol ijro etgan edi. Qiziq tomoni, “The Last Witch Hunter” filmi Vin Dizelning o‘zining Dungeons & Dragons kampaniyasi asosida yaratilgan va yaqinda Netflix’da yana mashhurlikka erishib, Top-10 ro‘yxatiga kirib oldi.


Maykl Keyn uchun bu film nafaqat muxlislar uchun sovg‘a, balki aktyorning 70 yillik ijodiy faoliyatida yangi sahifa ham bo‘lishi kutilmoqda