Markaziy Osiyo tarixida birinchi marta Formulа-1 chempionlarini taqdirlash marosimi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. FIA ma’lumotlariga ko‘ra, 12 dekabr kuni Toshkentda Xalqaro Avtomobil Federatsiyasining Bosh Assambleyasi va FIA Awards marosimi bo‘lib o‘tadi.Poytaxtga milliy federatsiyalar vakillari va avtomobil sporti tashkilotlari rahbarlari keladi — jami 149 davlatdan taxminan 500 nafar delegat ishtirok etadi.Toshkent avtomobil xavfsizligi, jahon avtomobil sportini rivojlantirish va transport sohasida texnologik innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha kelajak qarorlarini muhokama qilish maydoniga aylanadi. Tadbir davomida O‘zbekistonda F1 poygalarini o‘tkazish masalasi ham muhokama qilinishi mumkin. FIA prezidenti Muhammad bin Sulayemning ishtiroki kutilmoqda.2025 yilgi Formulа-1 mavsumining asosiy g‘olibi britaniyalik Lando Norris bo‘ldi. McLaren jamoasi pilotining Abu-Dabi Gran-prisida uchinchi o‘rinni egallashi uning birinchi chempionlik unvonini qo‘lga kiritishiga yetarli bo‘ldi. Bu uning jamoa hamkori Oskar Piastri va Maks Ferstappen ustidan yetarli ustunlikni saqlash imkonini berdi.Norris uchun bu mavsum burilish nuqtasi bo‘ldi. 2025 yilgacha u hech qachon chempion bo‘lmagan va 2024 yil yakunlari bo‘yicha birinchi uchlikka kirgan. Chempionlik unvonini qo‘lga kiritish uning karyerasidagi muhim voqea va McLaren jamoasi uchun katta yutuq bo‘ldi — jamoaning oxirgi chempionlik g‘olibi 2008 yilda bo‘lgan, u vaqtda britaniyalik Lyuis Xemilton ishtirok etgan.Marosimni Toshkent vaqti bilan 12 dekabr, soat 23:00 da FIA rasmiy YouTube-kanalida jonli efir orqali tomosha qilish mumkin bo‘ladi.FIA Awards 2025 — jahon avtomobil sportidagi eng muhim tadbir — birinchi marta O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Bu quyidagilarni bildiradi:Jahon poygasi afsonalari bir sahnadaXalqaro OAV va katta media oqimiO‘zbekiston nomi jahon yangiliklarida markaziy o‘rindaMamlakat uchun katta imidjiy yutuqBunday imkoniyat juda kam uchraydi — va endi u bizda mavjud.