Mashhur “Shelbilar oilasi” seriali yaratuvchisi Stiven Nayt kutilmagan faktni oshkor qildi: Tommi Shelbi obraziga dastlab britaniyalik aktyor Jeyson Staytem tanlangan ekan.Naytning so‘zlariga ko‘ra, u Los-Anjelesda Staytem bilan uchrashib, rolni aynan unga berishga qaror qilgan. Ammo keyinchalik Killian Myorfidan kelgan qisqa, ammo ta’sirli xabar hammasini o‘zgartirib yuborgan:“Esingizda bo‘lsin, men aktyorman.”