Barcha yangiliklar

Sun’iy intellekt Brad Pitt va Tom Cruise mushtlashgan ultra-realistik video yaratdi

Sun’iy intellekt Brad Pitt va Tom Cruise mushtlashgan ultra-realistik video yaratdi

Ijtimoiy tarmoqlarda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan juda realistik video tarqaldi — unda Bred Pitt va Tom Kruz go‘yoki bir-biri bilan mushtlashayotgandek ko‘rinadi. Video shunchalik ishonarli chiqqanki, ko‘plab foydalanuvchilar buni haqiqiy sahna deb o‘ylab qolishdi.


Bu holatga hatto Rhett Reese — Deadpool filmlari ssenariy muallifi ham munosabat bildirdi:


“Buni aytish yoqimsiz, lekin ehtimol biz uchun hammasi tugadi.”


Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday AI videolar kino industriyasi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin: aktyorlar roziligisiz sahnalar yaratish, soxta kontent va auditoriyani chalg‘itish holatlari ko‘paymoqda. Shu sababli Gollivudda sun’iy intellektdan foydalanishni qat’iy tartibga solish masalasi yana kun tartibiga chiqdi.