Yaqinda e’lon qilingan "O'yinchoqlar tarixi 5" treyleri muxlislar orasida kutilmagan muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tomoshabinlar asosiy qahramon — kovboy Vudi ilk bor qarish alomatlarini ko‘rsatayotganini payqashdi.Ba’zi kadrlarda Vudining shlyapasi ostidan sochlari siyraklashgani ko‘rinadi. Internet foydalanuvchilari buni darhol muhokama qila boshlashdi: kimdir buni vaqt o‘tishini ramziy ifodasi deb baholamoqda, boshqalar esa animatsiyaga yashirilgan hazil deb hisoblaydi.