So‘nggi kunlarda aktyor Tom Kruz yana Itan Hant roliga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Ayrim xorijiy nashrlarga ko‘ra, “Uddalab bo‘lmas topshiriq” franshizasining to‘qqizinchi qismi yashirin tarzda ishlab chiqilmoqda.Avvalroq sakkizinchi film —Uddalab bo‘lmas topshiriq: Final — qahramon hikoyasining yakuni sifatida taqdim etilgandi. Shu sababli ko‘pchilik ushbu loyiha bilan Itan Hant tarixi tugadi, deb hisoblagan. Biroq yangi xabarlarga ko‘ra, Tom Kruz franshizani davom ettirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.