Barcha yangiliklar

“Garri Potter” serialida Jinni Uizli almashtiriladi

“Garri Potter” serialida Jinni Uizli almashtiriladi

HBO’ning kutilayotgan “Garri Potter” serialida muhim o‘zgarish yuz berdi — Jinni Uizli rolini ijro etgan aktrisa ikkinchi mavsumga qaytmaydi.


Birinchi mavsumda kichik Uizli qizini gavdalantirgan Greysi Kokreyn suratga olishlarda ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Aktrisa va uning oilasi bunga “kutilmagan holatlar” sabab bo‘lganini bildirgan. Aniq tafsilotlar esa oshkor qilinmagan.


HBO vakillari Greysi Kokreynning qarorini qo‘llab-quvvatlab, unga serialdagi ishi uchun minnatdorlik bildirdi. Ikkinchi mavsumda Jinni Uizli obrazini kim ijro etishi esa keyinroq e’lon qilinadi.


“Garri Potter” seriali HBO uchun eng yirik loyihalardan biri hisoblanadi. Studio kitoblarni film versiyalariga qaraganda yanada batafsilroq va original manbaga yaqin tarzda ekranlashtirishni rejalashtirmoqda.


Serialning birinchi qismi 25-dekabr kuni HBO Max platformasida namoyish etila boshlaydi. Loyiha atrofidagi qiziqish esa hali premyeragacha ham pasaymayapti — ayniqsa aktyorlar tarkibi va obrazlar bo‘yicha har bir yangilik muxlislar orasida katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.