Barcha yangiliklar

“Ijtimoiy tarmoq 2” filmi rasman ishlab chiqilmoqda

“Ijtimoiy tarmoq 2” filmi rasman ishlab chiqilmoqda

2010-yilda ekranlarga chiqqan va Facebook’ning yaratilish tarixini hikoya qilgan mashhur “Ijtimoiy tarmoq” (The Social Network) filmi nihoyat davomini oladi. Loyiha rasman ishlab chiqilayotgani tasdiqlandi.

Yangi film “The Social Reckoning” (“Ijtimoiy hisob-kitob”) nomini oladi va bu safar voqealar Facebook’ning tashkil topishidan ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarning jamiyatga ta’siri atrofida rivojlanishi kutilmoqda.

Manbalarga ko‘ra, film zamonaviy internet davrining eng dolzarb muammolari — dezinformatsiya, maxfiylik, algoritmlar va ijtimoiy tarmoqlarning siyosiy jarayonlarga ta’siri kabi mavzularni yoritadi.

Birinchi film rejissyor Devid Fincher va ssenariynavis Aaron Sorkin hamkorligida yaratilgan hamda uchta “Oscar” mukofotini qo‘lga kiritgan edi. Hozircha yangi film aktyorlar tarkibi va suratga olish sanalari rasman e’lon qilinmagan.

Shunga qaramay, loyiha haqidagi dastlabki yangiliklar kino muxlislari orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Chunki oradan o‘tgan yillarda ijtimoiy tarmoqlar dunyoni keskin o‘zgartirdi va yangi film aynan shu o‘zgarishlarning narxi haqida hikoya qilishi mumkin.