Barcha yangiliklar

Jessi Ayzenberg “Ustasi faranglar 4”da yana suratga tushmoqchi

Jessi Ayzenberg “Ustasi faranglar 4”da yana suratga tushmoqchi

“Ustasi faranglar” franshizasining yulduzi Jessi Ayzenberg mashhur illyuzionist Jey Deniyel Atlas roliga yana qaytishni istayotganini ma’lum qildi.


Aktyorning aytishicha, aynan shu obrazni ijro etish unga boshqa rollardan ko‘ra ko‘proq zavq bag‘ishlaydi.


“Odatda menga tushkun kayfiyatdagi odamlar rollari nasib qiladi va bu meni ham tushkunlikka soladi. Ammo bu o‘ziga ishongan, biroz takabbur fokuschini o‘ynaganimda, har kuni suratga olish maydonidan: ‘Bu juda zo‘r edi’, degan kayfiyat bilan qaytaman.”


Ayzenberg to‘rtinchi film qachon suratga olinishi haqida aniq ma’lumot bermadi. Biroq Lionsgate studiyasi avvalroq “Ustasi faranglar 4” rasman ishlab chiqilayotganini tasdiqlagan edi.


2025-yilda ekranlarga chiqqan “Ustasi faranglar 3” muvaffaqiyatidan so‘ng studiya franshizani davom ettirishga qaror qilgan. Shu sababli Jessi Ayzenbergning yana Jey Deniyel Atlas obrazida qaytishi ehtimoli juda yuqori.