“Forsaj” franshizasining yakuniy filmi — “Fast Forever” ustida suratga olish ishlari rasman boshlandi. Bu haqda bosh rol ijrochisi va prodyuser Vin Dizel o‘zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida ma’lum qildi hamda suratga olish maydonchasidan ilk videoni ulashdi.