Rejissyor Kristofer Nolan raqamli platformalar davrida filmlarning jismoniy nusxalarini saqlab qolish tarafdori ekanini yana bir bor ta’kidladi. Uning fikricha, tomoshabin sevgan filmini faqat striming servisida ko‘rish bilan cheklanmasdan, 4K UHD, Blu-ray yoki boshqa jismoniy formatda sotib olishi kerak.