The Hollywood Reporter va Variety ma’lumotlariga ko‘ra, aktrisaning ishtiroki haqidagi xabarlar tasdiqlangan, biroq Marvel uning aynan qaysi qahramonni gavdalantirishini sir saqlamoqda.
Qizig‘i, muxlislar orasida Hyuller Doktor Doomning onasi Sintiya fon Doom rolini ijro etishi mumkinligi haqida taxminlar paydo bo‘lgan. Komikslarda Sintiya sehr-jodu bilan shug‘ullangan va uning fojiali taqdiri Viktor fon Doomning hayotida muhim o‘rin tutgan.
Yana bir taxminga ko‘ra, aktrisa Latvеriya jodugarlaridan birini gavdalantirishi mumkin. Ammo bu nazariyalarning hech biri rasman tasdiqlanmagan.
Sandra Hyuller 2023-yildagi “Yiqilish anatomiyasi” va “Qiziqish hududi” (The Zone of Interest) filmlari orqali xalqaro miqyosda tanilgan. 2026-yilda esa Rayan Gosling bilan “Project Hail Mary” ilmiy-fantastik filmida suratga tushdi.
“Qasoskorlar: Qiyomat kuni”da Robert Dauni kichik Doktor Doom rolini ijro etadi. Filmda Qasoskorlar, Fantastik to‘rtlik va X-Men olami qahramonlari birlashadi.
Rejissyorlar Entoni va Jo Russo film ustidagi yakuniy ishlarni davom ettirmoqda. Premyera 2026-yil 18-dekabrga belgilangan.
Endi esa asosiy savol: Sandra Hyuller Doktor Doomning o‘tmishiga bog‘liq muhim qahramonni ijro etadimi yoki Marvel muxlislari uchun mutlaqo kutilmagan syurpriz tayyorlaganmi?
