2021-yilda «O‘lish vaqti emas» (No Time to Die) filmi bilan Daniel Kreyg Bond roli bilan xayrlashgach, Jeyms Bond qahramoni kim bo‘lishi haqidagi mish-mishlar internetda portladi.Prodyuserlar Barbara Brokkoli va Maykl G. Uilson hozirda yangi 007 aktyorini izlashning ilk bosqichida. Brokkolining aytishicha, yangi Bond, ehtimol, 30 yoshlardagi erkak bo‘ladi va u qora tanli bo‘lishi ham mumkin. Muhimi, aktyor keyingi o‘n yil davomida bu rolga sodiq qolishga tayyor bo‘lishi kerak.Yangi aktyorning tanlanishi butun Jeyms Bond tarixida yangi davrni boshlab beradi. Chunki har bir yangi Bond obrazi film tarixiga o‘ziga xos o‘zgarish olib kiradi. Mish-mishlarga ko‘ra, Idris Elba va Aaron Teylor-Jonson kabi yulduzlar nomzodlar qatorida.