Enn Xeteuey “Malikaning kundaligi” (The Princess Diaries) uchinchi qismi rasman tayyorlanayotganini tasdiqladi! Muxlislarni Jeneviya shohligiga qaytaradigan bu film juda katta shov-shuv va hayajon uyg‘otmoqda.Enn Xeteuey o‘zining Instagram sahifasida uch barmog‘ini ko‘rsatib, filmning uchinchi qismini kinoyaviy tarzda e’lon qildi. Yangi qismni “Joyride” filmi rejissori Adela Lim suratga oladi. Xeteuey yana bir bor Mia Termopolis rolida paydo bo‘ladi va uning qissasi davom etadi.Ikkinchi film chiqishidan deyarli 20 yil o‘tib, bu uzoq kutilgan davomi “Malikaning kundaligi” franchayzingini sevuvchi tomoshabinlar uchun chinakam bayram bo‘lishi kutilmoqda. Internetda esa allaqachon hayajon va memlar to‘lqini boshlanib ketdi.