

Muhabbat bahori
2020·O'zbekiston·2 ч 14 мин·16+ Только для зрителей старше 16 лет
Драма Uz
О фильме
Kinokartinada Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimning bolalik davri, ijodiy faoliyati, asosan 1920-1944 yillar voqeliklari aks ettirilgan boʻlib, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya va Hamid Olimjonning sof muhabbati, hayot yoʻllari, ijodi, ayriliq, vafo, sadoqat tuygʻulari yoritib berilgan. Shuningdek, Hamid Olimjon vafotidan keyin Zulfiyaxonimning ichki kechinmalari, umid va shijoatga toʻla hayot yoʻli oʻziga xos rakurslarda koʻrsatib berilgan. Film Ikkinchi jahon urushi davrida Hamid Olimjon faoliyati — shoir va uning hamrohlari askarlarning ruhiyatini koʻtarish uchun frontga borib, sheʼrlar oʻqigan sahnalarni oʻz ichiga oladi.


