

Muhabbat bahori
2020·O'zbekiston·2 soat 14 daqiqa·16+ Faqat 16 yoshdan katta tomoshabinlar uchun
Drama Uz
Film haqida
Kinokartinada Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimning bolalik davri, ijodiy faoliyati, asosan 1920-1944 yillar voqeliklari aks ettirilgan boʻlib, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya va Hamid Olimjonning sof muhabbati, hayot yoʻllari, ijodi, ayriliq, vafo, sadoqat tuygʻulari yoritib berilgan. Shuningdek, Hamid Olimjon vafotidan keyin Zulfiyaxonimning ichki kechinmalari, umid va shijoatga toʻla hayot yoʻli oʻziga xos rakurslarda koʻrsatib berilgan. Film Ikkinchi jahon urushi davrida Hamid Olimjon faoliyati — shoir va uning hamrohlari askarlarning ruhiyatini koʻtarish uchun frontga borib, sheʼrlar oʻqigan sahnalarni oʻz ichiga oladi.


