

Dilor, Dilor... dil va or
2014·O'zbekiston·2 ч 0 мин·12+ Только для зрителей старше 12 лет
ДрамаМелодрама Uz
О фильме
Film voqealari o'tgan asrning 80-yillari oxiri - 90-yillar boshlarida Toshkent viloyati tog' etaklaridagi go'zal vodiylardan birida kechadi. Bu oddiy qishloq qizi Diloromning fojiali taqdiri haqida hikoya qiladi. Uning hayoti og'ir sinovlarga to'la: otasining Moskva tergovchilari Gdlyan va Ivanov tomonidan O'zbekistonda qo'zg'atilgan “paxta ishi” sabab hibsga olinishi, ukasining vafoti va sevgan insonining xiyonati... Dilorom singlisi bilan yolg'iz qoladi va tug'ilib o'sgan qishlog'ida tirikchilik qilishga majbur bo'ladi. Bu orada O'zbekiston mustaqillikka erishadi, va o'z yurtiga mehr qo'ygan qahramonimiz fermerlikka qo'l uradi. Biroq unga otasini tuhmat bilan qamattirgan, ich-ichidan nafratga to'la odam to'sqinlik qiladi. Ammo Diliorom, nozik va ojiz ko'ringaniga qaramay, bu yovuzlikka qarshi kurashishga kuch topadi.Nihoyat, uzoq yillik azob-uqubatlardan so'ng, otasining Sibir surgunidan oqlanib qaytishi haqidagi xushxabar yetib keladi



