«Dilor, Dilor... dil va or» filmidan kadr
Dilor, Dilor... dil va or

Dilor, Dilor... dil va or

2014·O'zbekiston·2 soat 0 daqiqa·12+ Faqat 12 yoshdan katta tomoshabinlar uchun

DramaMelodrama Uz

Film haqida

Film voqealari o'tgan asrning 80-yillari oxiri - 90-yillar boshlarida Toshkent viloyati tog' etaklaridagi go'zal vodiylardan birida kechadi. Bu oddiy qishloq qizi Diloromning fojiali taqdiri haqida hikoya qiladi. Uning hayoti og'ir sinovlarga to'la: otasining Moskva tergovchilari Gdlyan va Ivanov tomonidan O'zbekistonda qo'zg'atilgan “paxta ishi” sabab hibsga olinishi, ukasining vafoti va sevgan insonining xiyonati... Dilorom singlisi bilan yolg'iz qoladi va tug'ilib o'sgan qishlog'ida tirikchilik qilishga majbur bo'ladi. Bu orada O'zbekiston mustaqillikka erishadi, va o'z yurtiga mehr qo'ygan qahramonimiz fermerlikka qo'l uradi. Biroq unga otasini tuhmat bilan qamattirgan, ich-ichidan nafratga to'la odam to'sqinlik qiladi. Ammo Diliorom, nozik va ojiz ko'ringaniga qaramay, bu yovuzlikka qarshi kurashishga kuch topadi.Nihoyat, uzoq yillik azob-uqubatlardan so'ng, otasining Sibir surgunidan oqlanib qaytishi haqidagi xushxabar yetib keladi

Rejissyorlar va aktyorlar