

Maxtumquli Firog'iy
2024·O'zbekiston·1 soat 45 daqiqa·16+ Faqat 16 yoshdan katta tomoshabinlar uchun
Drama Uz
Film haqida
Filmning bosh qahramoni tarixiy shaxs, buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firogiydir. Maxtumquli 18-asr oʻrtalarida yashab ijod qilgan. Ushbu filmda ulug‘ shoirning o‘zbek zaminida kechgan umri, xususan, Buxorodagi Ko‘keldosh va Xivadagi Sherg‘ozixon madrasalarida tahsil olgan yillari, hayotidagi eng muhim voqealar aks ettirilgan. Maxtumquli yosh bo‘lishiga qaramay, she’rlari bilan nafaqat turkman xalqi, balki o‘zbek xalqi orasida ham shuhrat qozongan. Filmda uning hayotga, odamlarga bo‘lgan munosabati, yuksak ma’naviyati, ichki tuyg‘ulari, kechinmalari va dardlari, ham diniy, ham dunyoviy ilmlarni chuqur egallashga intilishi, do‘stlikni qadrlashi, xalqining birdamligi uchun qayg‘urishi, Vatanga bo‘lgan chuqur muhabbati ochib berilgan. Film buyuk shoir Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston va Turkmaniston kinoijodkorlari bilan hamkorlikda suratga olindi.

